Tarbiya logo
video card

BOKS QIROLI – MUHAMMAD ALI

Mashqlardan charchab ketardim. Lekin og‘ir paytda o‘zimga: “To‘хtama! Hozir azoblansang ham, hayotingning keyingi qismida chempion bo‘lib yashaysan

“Mashqlardan charchab ketardim. Lekin og‘ir paytda o‘zimga: “To‘хtama! Hozir azoblansang ham, hayotingning keyingi qismida chempion bo‘lib yashaysan” deyishni kanda qilmadim.

Kuchli ezgu istak meni o‘zim xohlagan manzilga olib boirishini bilar edim. Chempionalar mashq zallarida yetishib chiqmaydilar. Ular, avvalo, o‘zlarining qalblarida kuchli xohish, orzu tufayli tug‘iladilar. Sportda g‘alaba uchun mahoratdan ko‘ra istakning ahamiyati yuqori.

Omading kelgani sari odamlarga yaxshilik qo‘lini cho‘z. Odamlarni baxtli qilish  mening burchim bo‘lgan. Odamlarga beminnat yordam qo‘lini cho‘zish – bu sunyoda yashayotganing uchun Yaratganga to‘lanadigan ijara haqidir”.             

           Baxtiyor umr siri: “Men doimo odamlarni baxtli qilish uchun bir finjon muhabbat, bir qoshiq sabr, bir choy qoshiq saxiylik, yana birozgina g‘amxo‘rlikni aralashtirib, so‘ng unga baxtiyorlik va xohish uyg‘unligi hamda toza e’tiqodni qo‘shsalar va odamlarni mana shu ne’matlar bilan siylasalar, ulardan baxtli odam bo‘lmasligini aytgim keladi”.

Izohlar: