Sayt test rejimida ishlamoqda
Tarbiya logo
video card

Elon Mask, tadbirkor , ixtirochi

Mening saʼyi-harakatlarim, loyihalarim, shaxsiy qaror va munosabatlarim yuzasidan fikringizga muhtojman. Agar meni xafa bo‘ladi, deb o‘ylasangiz, xotirjam bo‘ling. Men tanqidlarni ham do‘stona qabul qilaman. Agar o‘ylashingiz uchun fursat kerak bo‘lsa, hozir sizni shoshirmayman

HAYOTINGIZNI O‘ZGARTIRISHI MUMKIN BO‘LGAN OLTI SABOQ       

Biz hali Yerdagi hayotimizni reja qilib yurgan bir davrda, Elon Mask 2040-yilgacha Mars sayyorasida 80 ming kishilik shaharchani bunyod etish ustida bosh qotirmoqda.

Quyida Elon Mask tamoyili va qoidalari bilan tanishamiz:

1-saboq: Tanqidni quchoq ochib kutib oling. “Mening hatti-harakatlarim, loyihalarim, shaxsiy qaror va munosabatlarim yuzasidan fikringizga muhtojman. Agar meni xafa bo‘ladi, deb o‘ylasangiz, xotirjam bo‘ling. Men tanqidlarni ham do‘stona qabul qilaman. Agar o‘ylashingiz uchun fursat kerak bo‘lsa, hozir sizni shoshirmayman”.

2-saboq: Haqiqatga yaqin g‘oyalarni ilgari suring (g‘oyaning asosi va uning qoidasini anglash). “G‘oya va tashabbusni, muammo va to‘siqlarni idrok qozonida oxirgi tafsilotiga qadar qaynating. Shunda ularning sababi yuzaga ko‘tariladi”.

3-saboq: Shovqin ichida kerakli tovushga diqqat qiling. “Tesla loyihasini amalga oshirish jarayonida reklamaga hech qachon mablag‘ sarflagan emasmiz. Uning o‘rniga mablag‘ni tadqiqot va rivojlantirishga, muhandislik va dizayn, eng yaxshi avtomobil ishlab chiqarishga sarfladik. Yaxshi mahsulot yaratishga ko‘zimiz yetmasa, loyihani yakunlar edik”.

4-saboq: Muvaffaqiyatsizlikni imkoniyatga aylantiring. “Muvaffaqiyatsizlik imkoniyat borligiga ishora. Agar unga ro‘paro kelmasang, demak hali ilg‘or g‘oyalarni tadbiq qilishdan yiroqsan”.

5-saboq: Hadik va tashvishlarni chetga suring.

1 dollar hisobiga bir kun yashay olishimni isbotlash borasida tajribam hisobiga hech bo‘lmasa, omadsizlikda ham ochlikdan o‘lmasligimni angladim. Axir bir oyda 30 dollarni osonlik bilan topsa bo‘ladi-da”.

6-saboq:    Imkoniyatingizni o‘z darajangizdan yuqori turgan loyihalarga sarflang. “Modomiki yetarlicha asosli bo‘lgan nimanidir qilish kerak bo‘lsa, imkoniyatlar bizga qarshi bo‘lgan taqdirda ham, uni amalga oshirish kerak”.

Izohlar: