Tarbiya logo
video card

Raufxon Salaxo‘jaev, iqtisodchi

DUNYO ILMIY HAMJAMIYATI MENI TINGLAYDI!

 

   O'zbekistonlik iqtisodchi Rauf Salaxo'jayev 2017 - yilda so'nggi besh yil ichidagi jahondagi eng kuchli yosh iqtisodchilar yuztaligiga kiritildi. U 1987- yilda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tug'ilgan. Mazkur reytingdan asosan Harvard, Yel universitetlari, London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli ta'lim muassasalari bitiruvchilari joy olib kelgan. O'zbekistonlik olim mazkur reytingdan joy olgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligidagi yagona iqtisodchi bo'ldi. 

   Raufxon bolaligidan kitoblarga mehr qo'ydi, xorijiy tillarni o'rgana boshladi. Ilk o'qigan badiiy kitobi - "Robinzon Kruzo" unga bir haqiqatni anglatdi: qunt va harakat bo'lsa, inson har qanday sharoitda ham muammolarni hal qiladi. Maqsadlarga yetadi. Kichik orzular kattalashib, ulkan maqsadlarga aylandi.

   Ilm olamiga kirgach, Raufxon oldiga yuksak maqsad qo‘ydi – 40 yoshgacha fikr mulohazalariga dunyo ilmiy hamjamiyati quloq tutuvchi jahon miqyosida olim bo‘lish. Yangi bilimlarni izlash, o‘zlashtirish uchun Raufxon ilmiy maqolalar yozadi. Til bilishi orqasidan jahonning taniqli olimlari bilan tillashadi, yangiliklarni kuzatib boradi. Uning hayotdagi shiori: “Nashr etish yoki halokat”. Jahonning taniqli iqtisodiy nashrlari yosh olimning maqolalarini chop etadi. Halqaro ilmiy kengashlarda ular qizg‘in muhokama etiladi. 

 

 

Qunt va harakat bo‘lsa, inson har qanday sharoitda ham muammolarni hal qiladi. Maqsadlarga yetadi. Kichik orzular kattalashib, ulkan maqsadlarga aylandi. 

                                                                                                                                                                                                                                           Rauf Salaxo'jayev 

Izohlar: