Tarbiya logo
video card

Ravshan Ermatov. futbol hakami

MUVAFFAQIYAT KALITI - MEHNATSEVARLIK 

  Ravshan bolaligidan otasiga ergashib, "Paxtakor" stadioniga borishni xush ko'rar edi. Haybatli stadionda u ilk orzulariga duch keldi - taniqli sportchi bo'lish. "Muvaffaqiyatorzularining chin va chiroyli ekaniga ishonganlarga nasib qiladi", degani rost ekan. Futbolga mehr  va o'z ustida mehnat uni taniqli "Paxtakor" jamoasining yoshlari tarkibiga qo'shdi. Ravshan  o'ng yetti yoshidan boshlab futbol bilan jiddiy shug'ullana boshladi. Qishning ayozli kunlarida kuyuchanlik bilan bugun stadionga bormay qo'ya qolishini so'ragan onasiga xavotir olmasligini aytib, xotirjam qilar edi. 

   Lekin o'ng to'qqiz yoshida olgan jarohati tufayli u katta futbol bilan xayrlashishga majbur bo'ldi. Ravshan uchun qiyin davr boshlandi. tushkunlik. Bir kuni Ravshan otasi bilan birgalikda sportda muvaffaqiyatga erishishga oid muhim rejani ishlab chiqdi. Unga ko'ra, olti yo'nalishda vazifalar belgilab olindi: 

 

                                                                                               

 

    Uzoq muddatli maqsad - strategiya ish berdi. Ravshan 25 yoshidan boshlab xalqaro xalqaro futbol o'yinlarini boshqarish taklifnoma oldi. Otasi uning yaqin ustozi bo'ldi - har bir o'yindan keyin natijalarni, tafsiulotlarni tahlil qilishdi. Oldindagi muvaffaqiyatlar nafaqat uning oilasi, balki butun O'zbekistonning iftixoriga aylandi. 

    Futbol olamida O'zbekistonning faxri bo'lgan Ravshan Ermatov 1977 - yil 9 - avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan U uch martta Jahon chempionatida 11 ta o'yinni boshqargan va bu borada rekordchi sanaladi. U 5 karra "Osiyoning eng yaxshi hakami" deb tan olingan. Ravshan Ermatov 2015 - yilda nufuzli "Globe Soccer Award" tadbirida "Yilning eng yaxshi hakami" nominatsiyasida mukofotlangan. 

 

                                                   Muvaffaqiyat orzulalarining chin va chiroyli ekaniga ishonganlariga nasib qiladi, degani rost ekan 

                                                                                                                                                                                                                    Ravshan Ermatov 

Izohlar: