Sayt test rejimida ishlamoqda
Tarbiya logo
video card

Jahongir Po‘latov, tadbirkor

   Jahongir O‘zbekistonda tadbirkor sifatida tanilgan. Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to‘lash kerak-Jag‘ongir yaxshi hayotga mashaqqatli mehnat va ilm evaziga erishdi. U bolaligidan mustaqil bo‘lishga, xususan, Moliyaviy jihatdan qaram bo‘lmaslikka intilgan. Jahongirning orzusi-oilasi farovon va to‘kin yashashi edi. Hayot uni turli yo‘llar bilan sinadi. O‘quvchilik yillari maktabdan bo‘sh vaqtlari ayniqsa, ta’til kunlarida u qiyinchilikdan cho‘chimadi, oz miqdorda bo‘lsa-da pul topib oilasiga ko‘maklashdi.

Jahongir maktabda a’lo baholarga o‘qidi. 17 yoshida unda ajoyib g‘oya tug‘ildi-bo‘sh vaqtlarida bolalarga ingliz tilidan ta’lim berish. Aflotunning “O‘rgatib-o‘rganaman” degan mashhur fikri isbotini topdi. Tajriba va bilim birlashib, Jahongir talaba bo‘la turib 22 yoshida o‘z biznesiga asos soldi. Ammo bu muvaffaqiyat bilan birga kutilmagan sinovlar ham keldi. Shu yili uning otasi qazo qildi, oila ma’suliyati yelkasiga tushdi, moliyaviy qiyinchiliklar boshlandi. Unda kuchli ishonch bor edi – mashaqqat imkoniyatning boshi, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, albatta quyosh chiqadi.

“Сambridge” o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov mashaqqatlarni tajriba deb biladi. Xato-to‘xtash uchun sabab emas, bu yana urinib ko‘rish uchun imkoniyat. U o‘zi qilayotgan ishini yaxshi ko‘rgani uchun undan huzurlanadi, har kuni 20 daqiqa mutolaa uchun vaqt ajratib, maqsadlarini tartiblab oladi. Yosh tadbirkorning fikricha, xorijga chiqqanda yangi g‘oyalarni o‘rganib, Vatanga tadbiq qilish kerak.

 

                                                                                                             Xato-to‘xtash uchun sabab emas, bu yana urinib ko‘rish uchun imkoniyat

                                                                                                                                                                                                                       JAHONGIR PO'LATOV 

Izohlar: