Sayt test rejimida ishlamoqda
Tarbiya logo
video card

Aziza Shonazarova, olima

MUVAFFAQIYAT KALITI - BILIM VA HARAKAT 

   Kolumbiya universiteti dunyoning eng nufuzli ta'lim maskanlaridan hisoblanadi. Bu yerda o'zbekistonlik professor - Aziza Shonazarova ham dunyoning har tarafidan kelgan talabalarga dars beradi. O'zbek olimasi Kolumbiya universitetiga 500 nafar nomzod orasidan tanlab olingan. Aziza siz kabi maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq tirishqoqligi, qat'iyati bilan ajralib turgan. U oldiga qo'ygan maqsadi sari sabr bilan intildi. Bunda uyidagi kutubxonaning hissasi katta bo'lgan. 

   Kitoblar Azizaning eng yaqin sauhbatdoshlari edi. Kitoblar unga dunyoning jamiki sirlarini aytib berishardi. U kitoblar orqali yurtimiz tarixi qanchalar boyligini angladi. Ana shu tarixni dunyoga ko'rsatib berishni maqsad qilib, ilm bilan shug'ullandi. Uning bilimi ustozlarida ham havas uyg'otar edi. 

  Aziza hozir ham ko'p kitob o'qiydi. izlanishdan to'xtamaydi. U arab, fors, turk, rus, ingliz, fransuz, nemis, polyak tillarda erkin muloqot qila oladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, Aziza Shonazarova 2020 - yilda "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlandi. 

 

Men oddiy insonlarning farzandiman. Ilm menga shu darajaga erishishimga yordam berdi. Matonat va mehnat bilan  erishish mumkinligiga men bir misolman. Harakat qilsangiz, siz ham muvaffaqiyatga erishasiz.

                                                                                                                                                                                                                                   Aziza Shonazarova 

Izohlar: