Tarbiya logo
video card

Akmal Fayziev, tadbirkor

MUVAFFAQIYATNING TO'LOVI OG'IR, AMMO GASHTI BEQIYOS 

 

 

     2003 - yillarda Internet foydalanuvchilar soni ortishi barobarida Internet xizmatlariga ehtiyoj oshib borardi. 18 yoshli Akmal axborot texnologiyalari sohasiga qiziqar, biror yangilik qilish payida edi. U avvaliga Internetdan foydalanish markazini ochdi Kunduz biznes tashvishlari, tunda yangi texnologiyalar va marketing haqida o'qib izlandi. Bir kuni unda manzil va joyni ko'rsatuvchi elektron tizim ishlab chiqarish g'oyasi tug'ildi. NaviMax loyihasi O'zbekistondagi ilk GPS - navigatsiyasi tizimi edi. Ammo birinchi bo'lish dokm ham oson emas. O'sha yillarda unga xarita maxfiy axborot ekanini aytishdi. U bir necha marta "yo'q", "mumkin emas" degan javoblarni eshitdi. Akmal maqsadi yo'lidan qat'iy borib, xaritani jamoasi bilan yangidan chizishga qaror qiladi. Kartograf yollab, yillab o'zining mashinasida ko'chama - ko'cha yurdi. Kuch, vaqt, sabr - toqat va harakat mevasini berdi. 2009 yilda Akmal Fayziyev O'zbekistonda xaritaga guvohnoma olgan ilk tadbirkorga aylandi. Kuchli xohish, bilim va sa'y - harakat natijasida u 2005 - yilda "MyTaxi" xizmatini ishga tushirdi. 

 

Muvaffaqiyatga erishishning  tayyor retsepti yo‘q. Sizning muvaffaqiyatingizga xizmat qiluvchi g‘oyalar har yoqda sochilib yotgan g‘ishtlarga o‘xshaydi. Ularni to‘gri tanlab, bino ko‘tarish uchun bilim, tajriba va to‘g‘ri odamlar kerak. Ana shunda siz qurgan bino uzoq turadi.

                                                                                                                                                                                                                       Akmal Fayziyev 

Izohlar: