Tarbiya logo
video card

Tarbiya fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o‘quvchilarda  “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ygan.

Ushbu fan darsliklari Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi rahbarligida professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi o‘qituvchilar, psixologlardan iborat mualliflar jamoasi bilan hamkorlikda yaratildi.

Fan va darslik konsepsiyasini yaratishda Yaponiya, Singapur, Angliya, BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanildi.

2020-2021-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 1-9-sinf darsliklari nashrga tayyorlandi. 2021-2022-o‘quv yilida 10-11-sinf darsliklarini nashrga tayyorlanmoqda.

 

 Respublika ta'lim markazi “Tarbiya” fanini meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini, ular asosidagi  darsliklarini yaratish va umumiy o‘rta taʼlim maktablariga joriy etish bo‘yicha masʼul hisoblanadi.