Tarbiya logo
video card

Respublika taʼlim markazi Xalq taʼlimi vazirligining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi

Markazning asosiy funksiyasi  - umumiy o‘rta taʼlimning davlat taʼlim standartlari, o‘quv reja va o‘quv dasturlarini va shu asosda darsliklar va metodik qo‘llanmalarni ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga mos ravishda ishlab chiqish, takomillashtirish, tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etish.

Markaz “Tarbiya” fanini meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini, ular asosidagi  darsliklarini yaratish va umumiy o‘rta taʼlim maktablariga joriy etish bo‘yicha masʼul hisoblanadi.

Saytning asosiy vazifasi xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablari, ta’lim muassasalari pedagog kadrlari, maktab o‘quvchilari va ilmiy izlanuvchilarini, sohaga oid me’yoriy hujjatlar, darslik, metodik qo‘llanmalar va shu kabi uslubiy materiallar bilan ta`minlash. Ta’lim sifatini oshirish uchun sohada olib borilayotgan loyihalar, chet ellik mutaxassislar faoliyatlari ham yoritib boriladi.