Sayt test rejimida ishlamoqda
Tarbiya logo

Javob:   Mavzularni o‘qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan “Loyiha asosida o‘qitish” (PBL), “Qiziqishlar asosida taʼlim berish” (IBL), “Art-fest” (“Art Fest”), “Namuna ko‘rsatish” (“Role Model”), “Misollar orqali o‘qitish” (“Keys Study”), “Vaziyatlarni tahlil qilish” (SBL) kabi taʼlim berishning ilg‘or texnologiya va metodikalaridan foydalanilgan.

Javob“Tarbiya” fani oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali joriy qilish, yangi yondashuvlarni darsliklar mazmuniga singdirish, o‘quvchilarda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy ko‘nikma hamda fazilatlarni shakllantirish zarurati har tomonlama puxta zamonaviy darsliklarni yozishni taqozo etmoqda. Bu esa rejadagidan ko‘proq vaqtni talab qilmoqda. Nashrdan chiqayotgan yangi darsliklar mazmun-mohiyati, dizayn yechimi hamda texnik jihatlariga ko‘ra yuqori sifatli va ilg‘or ekani bilan ajralib turadi.

Javob: “Tarbiya” fani 1-sinfda haftasiga 1 soatdan , o‘quv yili davomida 33 soat o‘qitiladi (fevral oyidagi 1 haftalik taʼtil hisobiga), 2-11 sinflarda haftasiga 1 soatdan, o‘quv yili davomida 34 soat o‘qitiladi.

Javob: Respublika taʼlim markazi hamda A.Avloniy nomidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti hamkorligida “Tarbiya” fanini o‘qitish bo‘yicha 72 soatlik o‘quv dasturi tayyorlandi. Pandemiya munosabati bilan barcha hududlarni qamrab olgan onlayn malaka oshirish kurslari tashkil qilindi. Natijada hududiy malaka oshirish tarmoq markazlari o‘qituvchilaridan  26 ta trenerlar tayyorlandi.

Shuningdek, “Tarbiya” fani bo‘yicha o‘quv-metodik taʼminotning axboriy platformasini yaratish yuzasidan Internet tarmog‘ining www.tarbiyam.uz  domenida fanning maqsad va vazifalarini yorituvchi, o‘qituvchiga metodik yordam ko‘rsatuvchi axboriy platforma ishga tushirildi.

Javob: “Tarbiya” fani bo‘yicha tayyorlangan 1-9-sinf o‘quv dasturlari va darsliklarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida har bir sinf uchun alohida, 20 ta o‘zbek va rus tillarida videodarslar tasvirga olindi. Ushbu videodarslar “Eurosport” telekanalida o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan “kasbiy rivojlantirish” loyihasi doirasida onlayn shaklda efirga berildi. Shuningdek, ushbu videodarslar Respublika taʼlim markazining
https://t.me/edurtm_uz
https://www.facebook.com/edurtm.uz/
https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
rasmiy kanallarga hamda www.tarbiyam.uz domenida joylashtirildi. O‘qituvchilar uchun “Tarbiya” fani bo‘yicha darslarni tashkil qilish yuzasidan zamonaviy yondashuvlar o‘rin olgan metodik qo‘llanma ishlab chiqildi. “Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyasi” nomli qo‘llanma nashrga tayyorlandi.

Javob: Tarbiya” fani dars soatlarini 1-4-sinflarda boshlang‘ich sinf rahbarlari, 5-11-sinflarda avvalo, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va maʼnaviyat asoslari” fanlaridan dars bergan o‘qituvchilarga, shuningdek, “Tarix” fani o‘qituvchilariga taqsimlash tavsiya etildi.