Sayt test rejimida ishlamoqda
Tarbiya logo

Muhammad Yusuf

scientist tree

Muhammad Yusuf 1954 yil Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog‘ida dehqonlar oilasida tug‘ilgan.

scientist tree

1971 yil o‘rta maktabni tugatib, u Respublika rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kiradi, o‘qishni bitirib, O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatiga muharrir bo‘lib ishga kiradi.

Behbudiy

Muhammad Yusuf “Toshkent oqshomi” gazetasi muxbiri, G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at tahririyati musahhihi, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, “Tafakkur” jurnali bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi.

scientist tree

1996 yil shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi

Behbudiy

1997 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.

scientist tree

Muhammad Yusuf “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston xalq shoiri” sharafiga musharraf bo‘lgan.

Behbudiy

Ilk she’ri 1976 yil “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan. Oradan to‘qqiz yil o‘tgachgina, 1985 yil shoirning ilk she’riy to‘plami “Tanish teraklar” chop etiladi. Ushbu to‘plamda shoir o‘z hissiyotlari bilan lirik va erkin tarzda bo‘lishadi, o‘z hayoti voqealari haqida gapiradi. Shunisi qiziqki, uni ham tanqid olami, ham shoir birodarlari juda iliq qabul qildi. Muhammad Yusufning hayotda omadi chopgan edi: ijodiy yo‘lining eng avvalida, taqdir uni Erkin Vohidov bilan yuzlashtirdi, u esa Muhammad Yusufning ajoyib iqtidorini sezib, uni rivojlantirishda yordam berdi. Keyinroq shoir Abdulla Oripov bilan yaqinlashadi. Bu ikki atoqli zamondosh shoirlar Muhammad Yusufning iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirishdi, ularning ijodida - mavzularda, timsollarda, she’r ohangida o‘zaro ta’sir va o‘zaro bir-birini boyitishni payqash mumkin.

scientist tree

“Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko‘nglimda bir yor” (1991), “Bevafo ko‘p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Osmonimga olib ketaman” (1998).

Behbudiy

Shoir 2001 yilning 29 iyul kuni vafot etgan.