Tarbiya logo

Abdulla Oripov

scientist tree

Abdulla Oripov 1941 yil Qashqadaryo viloyati Kasonsoy tumani Nekuz qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi Orifboy Ubaydulla o‘g‘li mahalliy kolxoz vakili bo‘lgan. Oilada sakkiz nafar farzand — to‘rt o‘g‘il, to‘rt qiz bo‘lishgan, Abdulla Oripov o‘g‘illardan eng kenjasi bo‘lgan.

scientist tree

1958 yil o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlab, Abdulla Oripov tahsilni O‘zbekiston Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetining jurnalistika bo‘limida davom ettiradi.

Behbudiy

1963 yil universitetni a’lo baholar bilan yakunlab, “Yosh gvardiyachi” tahririyatida muharrir bo‘lib ishlaydi;

scientist tree

(1967—1974) G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at tahririyati muharriri va bosh muharriri

Behbudiy

(1974—1976) “Sharq yulduzi” jurnalida bo‘lim rahbari. 1972 yildan 1982 yilgacha Abdulla Oripov O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritadi; (1982—1983) Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘linmasi kotibi; (1983—1985) “Gulxan” jurnali bosh muharriri;

scientist tree

1996 yildan 2009 yilgacha O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi

Behbudiy

1988 yil O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib tayinlangan

scientist tree

Abdulla Oripov Oliy Majlis birinchi va ikkinchi chaqiruvchi deputati va senatori (2005 yil 25 yanvar) bo‘lgan.

Behbudiy

1998 yil Abdulla Oripovga O‘zbekiston Qahramoni unvoni topshirildi.

scientist tree

“Qush” nomli o‘zining ilk she’rini Abdulla Oripov universitetda o‘qigan kezlari yozgan. Abdulla Oripovning “Bahor”, “Birinchi muhabbatim”, “Kuz”, “Saraton”, “O‘zbekiston”, “Munojotni tinglab”, “Otello”, “Sarob”, “Dengizga”, “Malomat toshlari”, “Oltin baliqcha”, “Yuzma-yuz”, “Genetika” va boshqa she’rlari — XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotining yorqin namunasidir.

Behbudiy

1965 yil uning ilk she’riy to‘plami “Mitti yulduz” chop etilgan. Uning ketidan “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O‘zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1984), “Ishonch ko‘prigi” (1989), “Munojot” (19992), “Haj daftari” (1995), “Saylanma” (1996) she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi.

scientist tree

2000-2001 yillar to‘rt tomlik saylanmasi bo‘lmish Abdulla Oripovning “Sara asarlari” nashrdan chiqqan.

Behbudiy

Abdulla Oripov 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi.

scientist tree

2007 yil 12 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish agentligining Bosh direktori Abdulloh Oripov Jahon madaniyatining xazinasiga ijodiy hissa qo‘shganligi uchun yuqori darajadagi “WIPO Creativity Award” oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Behbudiy

O‘zbekiston xalq shoiri A. Oripov hayotdan 2016 yil 5 noyabr kuni ko‘z yumdi. Uning yoshi 75 da edi. Toshkent shahridagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.