Sayt test rejimida ishlamoqda
Tarbiya logo

Erkin Vohidov

scientist tree

O‘zbek shoiri va jamoat arbobi, zamoanviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri - Erkin Vohidov 1936 yilning 28 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan.

scientist tree

Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat universiteti) filologiya fakultetida (1955-1960) tahsil olgan.

Behbudiy

O‘qishni tamomlagach, turli gazeta va jurnallar nashriyot va tahririyatlarida ishlagan. “Yoshlik” jurnalining birinchi bosh muharriri bo‘lgan (1982).

scientist tree

Erkin Vohidov — fuqarolik nuqtai nazari yorqin ifodalangan shoirdir. Uning she’rlari kelajak avlodning taqdiri uchun havotirga to‘la, muallif zamonaviy hayotning chuqur ma’naviy va axloqiy jarayonlarini tushunishga intiladi. Uning “Minora” she’ri o‘tmish xotirasini saqlab qolish haqida; “Samarqand kechasi” - buzilmas vaqt aloqasi haqida; “Sharq afsonasi” - inson hayotining mazmuni haqida; “Shoir yuragi”, “Abay”, “Yo‘qotilgan she’r” - shoirning fuqarolik burchi haqida.

Behbudiy

E. Vohidov ijodida hajviy yo‘nalish alohida o‘rin egallaydi. “Donish-qishloq latifalari” Matmus haqida bo‘lib, shoir unda laganbardorlik, sotqinlik, xasislik, tamagirlikni mazax qiladi. She’rlari hayot kuzatuvlari, chuqur ma’nosi, o‘ziga xos ifoda vositalari bilan qiziqarli.

scientist tree

Erkin Vohidovning muhabbatga yo‘g‘rilgan she’rlari ham e’tiborga loyiq. Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. “Bulbul tuni bilan noladi”, “G‘uncha” kabi she’rlarida an’anaviy g‘azal belgilari - ixtirosli fojiaviy sevgini jonlantiruvchi bulbul va atirgul, Farhod va Majnun timsollari mavjud.

Behbudiy

An’analarga ehtiyotkorona rioya qilgan holda, muallif o‘zining mustaqil sevgi tushunchasini yetkazib beradi. “Orzu chashmasi” she’rida u chashma oldida o‘tirgan qiz timsolini gavdalantiradi. Real lavhalardan chekingan holda, shoir lirik sevgi tarixini, to‘g‘rirog‘i, sevgi umidini yaratadi. She’rdagi lirik qahramon sevgisi yer tubidan chiquvchi musaffo chashma kabi. Porloq tuyg‘u umididagi she’r qahramoni mag‘rur va soddadir.

scientist tree

“O‘zbegim” qasidasida shoir xalqning eng qadrli yutug‘i — Vatan erkinligi va mustaqilligini tarannum etadi. Erkin Vohidov “o‘rdani vahshiyona toptashdi va yer jarohatlari sezildi” misralari orqadi ona diyorining tarixiy o‘tmishiga yuzlanadi. Shoir azaliy erkinlik uchun intilish va diyor ravnaqini “Alpomish”, “Toro‘g‘li” kabi dostonlarida ifodalagan. Vatanni afsonaviy qahramoni bo‘lmish baxodirlarning qanotli tulpori - kuch, qudrat va erkinlik timsoli bilan uzviy va aniq bog‘lay olgan.

Behbudiy

1999 yil Erkin Vohidovga O‘zbekiston qahramoni unvoni berilib, shoir xizmatlari sharaflandi va 2016 yil 30-may kuni vafot etdi.