Tarbiya logo

Munavvarqori Abdurashidxonov

scientist tree

XX asr ziyoli o‘zbeklari tomonidan bir ovozdan “ma’naviy ilhomchi”, “buyuk millatning buyuk kelajak maqsadlari uchun tunu-kun tinim bilmagan xalq xizmatkori”, deb topilgan adabiyotshunos, tarbiyachi, muharrir, maorif, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxonov 1878 yil Toshkent shahrining hozirgi Shayxontoxur tumani, Darxon mahallasida o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan.

scientist tree

1901 yil avval o‘z uyida jadidchilik maktabini ochadi, keyinroq Toshkentning boshqa dahalarida ham ochadi

Behbudiy

1909 yil Toshkentda “Jamiyati xayriya” ittifoqini va “Turon” uyashmasini tashkil qiladi.

scientist tree

Munavvar qori 1906 yil “Xurshid” birinchi gazeta nashriyotini ochadi. Keyinroq u yerdagi “Najot”, “Kengash” gazetalarida muharrir, “Sadoyi Turkiston” gazetasida esa bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritadi.

Behbudiy

Munavvar qori Abdurashidxonov o‘zbek teatri asoschilaridan biri. U teatr yordamida “buzuq odatlar” va ularni tuzatishni ko‘rsatgan. Uning truppasi “Turon” deb nomlangan. Truppa 1914 yildan 1924 yilga qadar faoliyat ko‘rsatgan.

scientist tree

Munavvar qori 1917 yil fevral revolyutsiyasidan so‘ng Turkiston xalq demokratik davlatining yaratilish g‘oyasini ochiqdan-ochiq ifoda qiladi. U Qo‘qonda yaratilgan “Turkiston Muxtoriyati”ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Behbudiy

Munavvar qori 20-yillar “Milliy ittifoq” va “Milliy istiqlol” yashirin tashkilotlariga boshchilik qilgan.

scientist tree

20-yillar o‘rtalarida repressiya kuchayadi va Munavvar qori barcha lavozimlardan chetlatilinadi. Biroq, bu ham uni mustaqillik g‘oyasini ilgari surishiga to‘sqinlik qila olmadi.

Behbudiy

1929 yil hibsga olingan va 1931 yil otib tashlangan. Moskva shahridagi Vagankovo qabristoniga qo‘yilgan.